Kengash xaqida.
Kengash, shuningdek, taftish komissiyasi a’zolarini hamda raislarini saylash, hududdagi kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri vakil yо‘llash usulida Kengash tarkibiga saylangan vakillarning vakolatini tasdiklash;
Kengash va taftish komissiyasining faoliyatlari tо‘g‘risidagi hisobotlarini tinglash, ularni baholash (tasdiqlash);
Kengashning uzoq muddatga mо‘ljallangan dasturiy hujjatlarini qabul kilish, ularga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish;
belgilangan tartibda va vakillik meyoriga muvofiq Federatsiya Qurultoyiga delegatlarni, Federatsiya Bosh kengashi tarkibiga vakillarini saylash, ularni chaqirib olish;
Federatsiya Ustavi va mazkur Nizomga zid kelmaydigan boshqa masalalarni hal etish kiradi.
Kengash konferensiyalar oraligida rahbar organ bо‘lib, 5 yil muddatga saylanadi.
Kengash bevosita konferensiyada saylash yoki belgilangan meyorga muvofiq uning tarkibiga kasaba uyushmalari tashkilotlaridan vakil yо‘llash prinsipi bо‘yicha shakllantiriladi.
Federatsiya raisi taklif etgan kо‘pi bilan ikki nafar nomzodlar tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri Kengash a’zoligiga kiritiladi.
Kengash majlisi Kengashning Ijroiya qо‘mitasi qaroriga muvofiq zaruratga karab, lekin har yili kamida bir marotaba о‘tkaziladi.
Kengashning asosiy maqsadi
Federatsiyaga a’zo tashkilotlar hududiy bo‘linmalarining ustav vazifalarini bajarishdagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, ularning umumiy manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish, amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy kafolatlarini ta’minlashdan iboratdir.
Kengashning asosiy vazifalari: